Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB) materiallari va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchilar uchun 144 soatlik rasmiy kurs. Video darslar, nazorat testlari, halol imtihon va 2 yillik davlat sertifikati — hammasi bitta platformada.
Yangi qonunchilikka ko‘ra loyihani ishlab chiquvchi tashkilot shtatida malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar xodim bo‘lishi shart. Sertifikatsiz — davlat ekologik ekspertizasiga hujjat topshirib bo‘lmaydi.
Kurs VM 234-son qarori va tasdiqlangan 144 soatlik o‘quv dastur asosida — yakunda belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Toshkentga qatnash shart emas: darslar, testlar va imtihon — hammasi onlayn, ish jadvalingizga moslashadi.
Platformadagi ichki chat orqali administrator bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozishasiz — Telegram kabi qulay.
Kerakli hujjatlar: pasport (ID) nusxasi, oliy ma’lumot diplomi nusxasi, 3×4 fotosurat va ta’lim shartnomasi. Arizadan so‘ng markaz mutaxassisi bog‘lanadi.